Tushuncha
Ushbu risolani o'qisangiz ona-tabiatning ehsonlari, sir asrorlari bilan tanishasiz. Insonning salomatligi uchun tabiatni o'zi har qanday kasallik shifosini muhayyo qilib qo'yganligini shohidi bo'lasiz. Unda turli xil kasalliklarni davolashda xalq tabobatida jamlangan sodda tavsiyalar va ularning qo'llanish yo'l-yo'riqlari ixcham holda bayon etiladi. "Issiq jon isitmasiz bo'lmas" deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, inson o'z hayotida favqulodda shikastlanishi yoxud xastalanib qolishi mumkin. Shuningdek ba'zi vaqtlarda ozor chekkan kishiga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatish lozim bo'lib qoladi. Ana shunday xollarda tegishli yordam amallarini qo'llash turli asoratli damlardan ma'lum darajada saqlab qolishi mumkin. Mazkur risola xalq tabobatida qadim-qadimdan qo'llanilib kelinayotgan davolash yo'l yo'riq'lari haqida terma ma'lumotlar keltiriladi. Qadimdan tabiblar va hakimlar amaliyotda qo'llanib kelingan hamda zamonlar o'tishi bilan samarasi achchiqlangan beozor amallarni o'z o'rnida tadbirkorlik bilan qo'llash faqat ijobiy taraflarni nomoyon etadi. Shifokor tavsiya etgan har bir tibbiy amalni u xox murakkab yoki sodda ko'rinishda bo'lsin o'z o'rnida va me'yorida qo'llash kerak. O'z bilganicha davo amallaridan foydalanish ko'r-ko'rona muolajalarni qo'llash "ko'z qo'yaman deb qosh chiqarish" bilan barobar bo'lishi mumkin. Risolada keltirilgan muolajalar o'zining beozorligi bilan ajralib turadi. Ularning aksariyati tabiat ne'matlari shifobaxsh giyohlar hayvonot va boshqa jonzotlarning mahsuli hisoblanadi.
Xurmat bilan Sever.Uz admini Xurshid
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика