Bavosil (gemoroy) davosi
Zulukni quritib, aloe bilan qo'shib bavosilga qo'yilsa, yaraga shifo bo'ladi. Semizutni qaynatib, suviga o'tirsangiz, naf ko'rasiz. Bargizubning tomir va bargidan 50-100 gramm olib, bir chelak suvda qaynating. Qaynatmadan uch stakan ichsangiz, bavosildan qon oqishini to'xtatsa, ajab emas. Yantoqni qiymalab yesangiz yoki ezib aziyatlangan joyingizga bog'lasangiz, kuydirib tutuniga aziyatlangan joyni tutsangiz, bavosilni yo'q qiladi, gulini maydalab bog'lasangiz, bavosilni quritadi. 7 gramm kunjutni 3,5 gramm qo'ygan yong'oq mag'zi bilan yesangiz bavosildan qon ketishini to'xtatadi. Oq atirgulni tuyib bog'lansa, bavosil yaralarini tuzatadi. Shirin oshqovoq po'stini kuritib, uni xavonchada yanchib yegan odamning bavosili tuzaladi. Pishmagan it qovunning suvini kunjut yoki zigir moyida suvi ketguncha qaynatib, qolgan moyini bavosilga surtsangiz shifo bo'ladi.
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика