Gentra, Cobalt va Damas xatlandi: Qashqadaryoda soliq qarzini undirish tadbirlari o‘tkazilmoqda

Qashqadaryo viloyati Soliq boshqarmasi viloyatda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan fermer xo‘jaliklarining mol-mulkini xatlab, qarzdorlikni undirish bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati mas’uli Firdavs Jabborov xabar berdi. 

Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan shaxslardan soliq qarzini undirish bo‘yicha viloyatimizda xatlov tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shunday tadbirlardan yana biri Mirishkor tumanida ham tashkil etildi. Tumandagi “Jonibek g‘alabasi” fermer xo‘jaligining 13,6 million so‘mlik soliq qarzdorligi evaziga uning Volkswagen rusumli avtotransport vositasi xatlandi. “Fayzullayev Lazizbek” fermer xo‘jaligining 22 million so‘mdan ortiq qarzdorligi evaziga esa Damas avtotransport vositasi xatlab olindi. “Shomirov Fayoz Farhodovich” fermer xo‘jaligining 26 million so‘mlik soliq qarzi xatlov tadbiri davomida to‘liq undirildi, — deydi viloyat Soliq boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mas’uli Firdavs Jabborov. 

Boshqarma mas’ullari jamoatchilikka O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 63-moddasini eslatib, “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashi shart”ligini ta’kidlamoqda.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 07:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика