O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 6–8-may kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7–8-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 7–8-mayda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-mayda 12-17 daraja, 7–8-mayda 14-19 daraja, kunduzi 6–7-mayda 25-30 daraja, 8-mayda 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7–8-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 7–8-mayda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. 6-mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 7–8-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 7-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 8-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja; 7-mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 29-34 daraja; 8-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-mayda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 7–8-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 6-mayda 22-27 daraja; 7–8-mayda 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-mayda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 7–8-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat 6-mayda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja; 7-mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 8-mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 07:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика