Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyadagi turnir g‘olibiga aylandi

Shvetsiyaning Malmo shahrida 27-apreldan 3-mayga qadar Tepe Sigeman 2024 turniri bo‘lib o‘tdi. 

Nodirbek Abdusattorov, Arjun Erigaisi, Vinsent Keymer, Ju Venjun, Peter Svidler, Anton Korobov, Nils Grandelius hamda Mark Andria Maurizzi kabi 8 nafar grossmeyster ishtirok etgan turnir o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov asosiy davrada 4,5 ochko jamg‘argan edi.

Taybrekda esa Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag‘lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 04:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика