Rasman: Marko Roys yozda “Borussiya D” safini tark etadi

Dortmundning “Borussiya” jamoasi Marko Roys mavsum oxirida klubni tark etishini ma’lum qildi.

34 yoshli yarim himoyachi mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida klubni tark etadi.

“Yozda qoyilmaqom bir davr yakunlanadi. Klub va uzoq yillik sardor Marko Roys bitimni uzaytirmaslikka kelishdi va futbolchining jamoa bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi”, — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Roys 2012-yildan buyon “Borussiya D” sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu davr mobaynida futbolchi barcha musobaqalarda 424 ta o‘yin o‘tkazib, 168 ta gol va 128 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra Markoning transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etadi.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 00:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика