Isroil fuqarolari BMT gumanitar karvonidagi yuklarning bir qismini yo‘q qilgani ma’lum bo‘ldi

G‘arbiy sohilda noma’lum Isroil fuqarolari BMT Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) karvonidagi yuklarning bir qismini yo‘q qildi.

Bu haqda tashkilotning doimiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea 1-may kuni sodir bo‘lgan, yuk mashinalarida oziq-ovqat olib ketilayotgan bo‘lgan.

“Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Isroil fuqarolari konvoy yuklarining bir qismini tushirib, yo‘q qildi”, — dedi u.

Karvon G‘azo sektoriga kirganidan keyin yana bir voqea sodir bo‘lgan.

“G'azoda BMT obyektlari tomon harakatlanayotgan yuk mashinalari qurolli shaxslar tomonidan yuk tushirish uchun mo‘ljallanmagan joylarga yo‘naltirildi. BMT mahalliy hukumat bilan anglashilmovchilikni hal qilgan. Bracha yuk mashinalari BMT tomonidan belgilangan joylarga yetib bordi, hozirda yuklarni taqsimlash ishlari ketmoqda”, — dedi Farxon Haq.


Joylangan vaqt : (4 May 2024 22:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика