UFC Mahmud Murodov bilan shartnomani bekor qildi

UFC promousheni o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov bilan shartnomani bekor qildi.

tasdiqladi. 

“Hozirgina Istanbulga keldim. Aeroportda turibman. Xuddi siz kabi men ham endi UFC jangchisi emasligim haqidagi xabarni eshitdim. To‘g‘risi, bu xabar shokka tushirdi. Menejerim bilan bog‘landim, ko‘ramiz nima bo‘larkan. Sababi nimada ekanligini bilmayman. Buni bilgach, albatta, sizga xabar beraman”, — deydi sportchi o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi so‘nggi janggini fevral oyida rossiyalik Aliasxab Xizriyevga qarshi o‘tkazib, ko‘zidan jarohat olgan edi. 

Mazkur jang tashkilotchilar tomonidan bekor qilingandi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. To‘rtinchi jangda Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi. Bundan avvalgi jangda esa braziliyalik Kayo Borralyoga mag‘lub bo‘lgandi. Shuningdek, Brayan Barberena bilan jangda g‘alabani qo‘lga kiritgandi. 


Joylangan vaqt : (4 May 2024 20:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика