Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” o‘zida “Atalanta” bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinlari 2-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Bayer” yarim finalda “Roma”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Virts hisobni ochdi. 73-daqiqada esa Andrix nemis jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa Xabi Alonso shogirdlari javob o‘yinidan oldin o‘ziga yaxshi imkoniyatni yaratib oldi.

Yarim finalning boshqa o‘yinida esa “Marsel” “Atalanta”ga qarshi qarshi o‘ynadi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Fransuz klubi safida Mbemba gol urgan bo‘lsa, “Atalanta” tarkibida Skamakka o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Yarim finalning javob bahslari 9-may sanasida bo‘lib o‘tadi. 


Yevropa Ligasi

1/2 final

2-may, payshanba

“Roma”  “Bayer” 0:2

Gollar: 0:1 – 28 Virts, 0:2 – 73 Andrix.

“Roma”: Svilar, Karsdorp (Anxelinyo, 62), Smolling, Manchini, Spinassola, Paredes (Baldansi, 79), Kristante, Pellegrini, ash-Shaaravi, Dibala, Lukaku (Azmun, 79).

“Bayer”: Kovarj, Stanishich, Ta, Tapsoba, Inkapie, Grimaldo, Frimpong, Jaka, Andrix, Virts (Hofmann, 77), Adli (Tella, 77).

Ogohlantirishlar: Ta (16), Pellegrini (30), Spinassola (74), Jaka (74), Andrix (76), Kristante (77).

“Marsel”  “Atalanta” 1:1

Gollar: 0:1 – 11 Skamakka, 1:1 – 20 Mbemba.

“Marsel”: Lopes, Kloss (Merlen, 65), Mbemba, Murilyo (Unai, 72), Balerdi, Kondogbia, Veretu, Xarit (Ndiay, 72), Luis Enrike, Sarr (Pemi, 65), Obameyang.

“Atalanta”: Musso, Zappakosta (Hatebur, 84), Jimshiti, Kolashinas (Pashalich, 17), Skalvini, Rujeri, de Ron, Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Miranchuk, 84), Skamakka (Lukman, 59).

Ogohlantirish: Balerdi (69).


Joylangan vaqt : (4 May 2024 16:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика