“Moskva Qizil maydonidagi harbiy paradda 9 mingdan ortiq askar ishtirok etadi” — Sergey Shoygu

Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu 9-may kuni Moskvaning Qizil maydonida o‘tkaziladigan G‘alaba paradida 9 mingdan ortiq askar qatnashishini maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” nashri maʼlum qildi.

Manbada aytilishicha, paradda 70 ta yalpi hujum tizimlari ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu yilgi harbiy paradga rasmiylar ancha jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani aytilgan.

“Qizil maydondagi asosiy harbiy paradda ming nafardan ortiq shaxsiy tarkib va ​​70 ta qurolli tizim ishtirok etadi. Piyodalar kolonnalariga qurolli kuchlar va harbiy qismlarning polk, batalon va rotalari, Suvorov piyodalari va Naximov dengiz floti, kadet va harbiy-musiqiy parad bo‘linmalari kiradi. Harbiy maktablar, “Yosh armiya” yoshlar harakati vakillari, ayol harbiy xizmatchilar, kazaklar va birlashtirilgan harbiy orkestr aʼzolari ham jalb qilinadi”, — deyilgan Rossiya mudofaa vaziri bayonotida.

Anʼanaga ko‘ra, 9-may kuni Moskvaning Qizil maydonida Sovet Ittifoqining Birinchi jahon urushidagi g‘alabasining 79 yilligiga bag‘ishlangan G‘alaba paradi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bayram oldidan tashkil etiladigan so‘nggi sinov namoyishi 5-may kuni bo‘lib o‘tishi xabar qilingan.

Rasmiy manbalar 9-may kuni Rossiyaning 28 shahrida harbiy paradlar bo‘lib o‘tishini maʼlum qilgan. Ularda 50 mingdan ortiq askar va mingga yaqin qurol-yarog‘ hamda harbiy texnika ishtirok etishi kutilmoqda.


Joylangan vaqt : (4 May 2024 15:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика