AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi — OAV

AQSH va Yaponiya birgalikda gipertovushli qurollarni tutib oladigan yangi turdagi raketa yaratishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu haqda xabar berdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida birgalikda raketa ishlab chiqish bo‘yicha  kelishib olgan. Har ikki davlat loyihani 2030-yillarga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. Yangi raketa gipertovushli raketalarni atmosferaga kirishidan oldin parvozning eng zaif vaqtida yo‘q qiladi.

Bu AQSH va Yaponiya o‘rtasida raketaga qarshi mudofaa sohasidagi ikkinchi qo‘shma ish bo‘ladi. Birinchi hamkorlik ballistik raketalarni tutib olishga mo‘ljallangan SM-3 Block2A yaratilishi bo‘ldi.


Joylangan vaqt : (4 May 2024 14:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика