Dastin Porye Islom Maxachevga qarshi jangdan so‘ng faoliyatini yakunlashiga sha’ma qildi

Dastin Porye Islom Maxachevga qarshi jangdan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Bu men uchun oxirgi jang bo‘lishi mumkin. Hozircha aniq qaror qabul qilmadim, lekin hammasi shunga qarab ketyapti. Oldin ham aytgandim, yaxshi formada bo‘lib tursam, yosh jangchilarni yengishim mumkin deb. 

Sportga qancha narsa bera olganim ko‘proq o‘ylantiradi. Chunki janglar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hozircha yakuniy qaror qabul qilmadim, avval oktagonga chiqib, jang qilay, undan so‘ng ko‘ramiz”, — deydi Dastin.

Eslatib o‘tamiz, UFC 302 turnirida Dastin Poryening Islom Maxachevga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Maxachev — UFC chempioni va P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. U 2023-yilda ikki marta Aleks Volkanovskini mag‘lub etgandi.

Porye esa 2024-yil martida Benua Sen-Denini mag‘lubiyatga uchratgandi.


Joylangan vaqt : (4 May 2024 00:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика