APL. “Chelsi” derbida “Tottenhem”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 26-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Chelsi” va “Tottenhem” 2-may, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi. 

Uchrashuvning 24-daqiqasida Chaloba “aristokratlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim “Chelsi”ning kichik ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda “shporlar” to‘p nazoratini qo‘lga olgan bo‘lsa-da, “Chelsi” ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. 72-daqiqada Jekson o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “aristokratlar” g‘alaba qozondi.

Shu tariqaPochettino shogirdlari ochkolari sonini 51 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Tottenhem” esa 60 ochko bilan 5-pog‘onada joylashgan.


APL

26-tur bahsi

28-aprel, payshanba

“Chelsi” – “Tottenhem” 2:0

Gollar: 1:0 – 24 Chaloba, 2:0 – 72 Jekson.

“Chelsi”: Petrovich, Gilkrist, Chaloba, Badyashil, Kukurelya, Gallaher, Mudrik (Kazadei, 75), Palmer, Kaysedo, Madueke, Jekson.

“Tottenhem”: Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Emerson, Xil, Bissuma (Hyoyberg, 63), Kulusevski, Sarr (Meddison, 63), Son Hyon Min, Jonson, Risharlison (Bentankur, 63).

Ogohlantirish: van de Ven (67).


Joylangan vaqt : (4 May 2024 00:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика