Superliga. “Dinamo” — “Olimpik” o‘yini qoldirildi. “Paxtakor” — “Metallurg” sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ertaga, 3-may kuni U23 Osiyo kubogining final uchrashuvida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.

“Liga termamizning ehtimoliy finalda to‘p surishini inobatga olib, “Olimpik” ishtirokidagi bellashuvni turning eng so‘nggi kuni — 7-mayga belgilagan edi. Shunday bo‘lsa-da, mavjud holat inobatga olinib, Liga Kapadzening taklifini bu safar ham qanoatlantirishga qaror qildi. 

Shuningdek, 7-may kungi 1 ta o‘yin qoldirilganidan kelib chiqib, o‘sha uchrashuv uchun rejalashtirilgan texnika bilan “Paxtakor” — “Metallurg” uchrashuvi o‘tkazilishi yuzasidan kelishildi. Ya’ni, Paxtakor ishtirokidagi o‘yin 6-may sanasidan 7-mayga ko‘chirildi”,— deyili PFL matbuot xizmati bergan xabarda. 

Ma’lumot uchun, U23 O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogiga jo‘nab ketishi oldidan Superliga 5-turidan o‘rin olgan uch uchrashuv: Nasaf — Navbahor, Neftchi — Paxtakor, Metallurg — Olimpik bellashuvlari ham qoldirilgan edi.

Endilikda qoldirilgan bellashuvlar soni 4 tani tashkil etmoqda. PFL matbuot xizmati ushbu uchrashuvlar qachon o‘tkazilishi haqida keyinroq ma’lum qilinishini aytdi.


Joylangan vaqt : (3 May 2024 16:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика