Bundesliga Chempionlar Ligasining keyingi mavsumi uchun qo‘shimcha yo‘llanmaga ega bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida “Borussiya D” hamda “PSJ” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

“Signal Iduna Park”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa keyingi mavsum Chempionlar Ligasi Germaniyadan 5 ta klub ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Bundesliga UEFA koeffitsientlari jadvalida top-2 ga kirib, muddatidan avval qo‘shimcha yo‘llanmagani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Italiyaning A Seriyasi turnirning qo‘shimcha yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Endi ushbu ligalarda 5-o‘rinni egallagan klublar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri YCHL guruh bosqichiga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi mavsumdan Chempionlar Ligasida 32 ta emas, 36 ta jamoa ishtirok etadi. 


Joylangan vaqt : (3 May 2024 04:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика