O'

O'KTAM (o'zb) - kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli.

O'LMAS (o'zb) - o'lmasin, umri uzoq bo'lsin.

O'LMASOY (o'zb) - o'lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo'lsin deb umid, niyat qilingan oydek go'zal, zebo qiz.

O'RAL (o'zb) - tug'ilganda kindigiga o'ralib tushgan yoki jingalak sochli bola.

O'ROQ (o'zb) - o'roqdek o'tkir, keskir bo'lsin yoki kindigi o'roq bilan kesilgan bola.

O'TKIR (o'zb) - o'tknr, o'tkir aqlu zakovat sohibi, dono bola bolsin.

O'TKIRBEK (o'zb) - beklar avlodiga mansub bo'lgan o'tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola.

O'G'ILOY (o'zb) - shu oydek go'zal qizdan keyingi tug'ilajak farzand o'g'il bo'lsin.

O'RILSHOD (o'zb-f.t.) - ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug'iladigan bola o'g`il bo'lsin
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика