"Manchester Siti" hujumchisini oldinga tortib turuvchi omil nima?

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya premyer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yindan so‘ng unga nima motivasiya bergani haqida gapirdi.

"Bu mavsumda 25 ta gol yomon emas, buning uchun rahmat. Davom etamiz! Menga nima motivasiya beradi? Meni oldinga undaydigan yaxshi murabbiyim bor va men atrofimdagi futbolchilarga qarayman.

Ularsiz bu mumkin emas edi. Oldinga qaraylik, keyingi o‘yinni ko‘ramiz - mavsum yakunigacha muhim final bahslari qoldi.

Gvardiola gollar farqi haqida o‘ylaydimi? Yo‘q. Birinchi navbatda siz o‘yinlarda g‘alaba qozonishingiz kerak, lekin, albatta, siz to‘plar farqi yaxshiroq bo‘lishni xohlaysiz", - deya Xolandning so‘zlarini keltiradi BBC.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 11:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика