"Arsenal" o‘z futbolchisini to‘liq sotib olishga qaror qildi

"Arsenal" "Brentford"dan darvozabon David Rayyani sotib oladi.

Ispaniyalik futbolchi hozirda London klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, “Arsenal”ning Rayya borasidagi rejalari hech qanday o‘zgarmagan – “kanonirlar” darvozabon uchun 27 million funt (taxminan 31,5 million yevro) to‘laydi.

Qayd etilishicha, “Arsenal” David Rayyaning yozgi transferi borasida allaqachon kelishib olgan.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 11:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика