Hamyurtlarimiz "Parij-2024" kvalifikasion turniri uchun Vengriyaga yo‘l oldi

Para kanoechilarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi

8-11 may kunlari Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziya beradigan ushbu muhim musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz bugun Vengriya tomon yo‘l oldi.

Segeddagi Jahon chempionatida quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:

Haytmurod Sherqo‘ziyev
Azizbek Abdulhabibov
Hasan Qo‘ldoshev
Shahzoda Mamadaliyeva
Shahnoza Mirzayeva
Iroda Rustamova.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 11:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика