Gvardiola o‘zi muxlislik qiladigan klub nomini aytdi

Avvalroq "Bavariya"da ishlagan Pep Gvardiola nemis grandi haqida gapirdi.

"Men "Bavariya"ga o‘zi izlayotgan odamni bosh murabbiy sifatida topishini tilayman. Men bu klubni juda yaxshi ko‘raman. Myunxenda ishlashda o‘zimni qulay his qildim, u yerda hali ham ko‘plab yaxshi do‘stlarim bor", - dedi ispaniyalik murabbiy.

Joriy mavsum yakunida Tomas Tuxel "Bavariya" bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Myunxen top-klubi rahbariyati endilikda yangi murabbiy izlamoqda.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 11:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика