Xoland APL to‘purarligi uchun oxirigacha kurashishiga to‘g‘ri keladi

Aleksandr Isak Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida Koul Palmer bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

"Nyukasl" hujumchisi kecha APLning 36-turi doirasida "Byornli" darvozasiga gol urdi. Oxirgi 7 uchrashuvda uning hisobida 8 ta gol bor.

Umuman olganda, shved futbolchisi Angliya chempionatida 20 ta gol urdi - xuddi "Chelsi" vakili Koul Palmer kabi. Ulardan faqat Erling Xoland (“Manchester Siti”) oldinda – 21 ta gol.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 07:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика