Xavining qolishidan "Jirona" va "Real" muxlislari ko‘proq xursand bo‘lishdi

"Barselona"ning raqiblari muxlislari Xavining hech qachon kataloniyaliklar boshqaruvidan ketmasligini istashadi.

“Jirona”ning “blaugrana”ga qarshi o‘yinida (4:2) mezbon muxlislar “Xavi, qol!” deb hayqirishdi.

Bugun Madriddagi Cibelis maydonida chempionlikni nishonlash uchun yig‘ilgan "Real Madrid" muxlislari ham xuddi shunday so‘zlarni aytishdi.

Yanvar oyi oxirida "Barselona" bosh murabbiyi mavsum yakunida jamoani tark etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Aprel oyida u fikrini o‘zgartirdi va qolishga qaror qildi.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 06:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика