SPL. "An-Nasr"dan 6:0, Ronaldudan xet-trik

Saudiya Arabistoni Premyer-ligasi 30-turida "An-Nasr" o‘z maydonida "Al-Vahda"ni qabul qildi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsda portugaliyalik megayulduz Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etdi.

An-Nasr Ar-Riyod – Al-Vahda Makka 6:0 (4:0, 2:0)
4 may, 23.00, «King Saud University Stadium»
Gollar: 1:0 – 5 Ronaldu, 2:0 – 12 Ronaldu, 3:0 – 18 Otavio, 4:0 – 45 Mane, 5:0 – 52 Ronaldu, 6:0 – 88 Al-Fatil.
An-Nasr Ar-Riyod – Ospina, Al-Ganam (Bushal, 72), Laport, Al-Avdjami, Telles, Yaxya (Al-Fatil, 46), Brozovich, Otavio (Al-Xassan, 46), Al-Xaybari, Ronaldu (Al-Sulayxim, 79), Mane (Al-Nemer, 79).
Al-Vahda Makka – Moxamedi, Al-Xafit, Makki, Xausaui, Fajr, Bakshuin (Al-Azizi, 81), Anselmo (Al-Xedji, 76), Al-Issa (Al-Ghamdi, 46), Noor (Al-Buxari, 46), van Kroy (Naji, 76), Igalo.
Ogohlantirishlar: Anselmo (38), Fajr (87).


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 05:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика