Ronaldu Saudiya chempionatining so‘nggi 5 ta o‘yinida 3 bor xet-trik qayd etdi

Krishtianu Ronaldu “Al-Vahda”ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.

“An-Nasr” hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turidan o‘rin olgan o‘yinning 5, 12 va 52-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

39 yoshli hujumchi chempionatdagi so‘nggi beshta o‘yinda uchta xet-trik qayd etdi. U 30 mart kuni “At-Tai” va 2 aprel kuni “Abxa”ga qarshi o‘yinlarda uchtadan gol urgandi.


Joylangan vaqt : (5 May 2024 в 05:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика