Tush ta'biri
Ch

Chavandoz amazonka. U sharaf va kasallikdir.

Chang-to’zonli shamol. Chang-to’zonli shamol urush darakchisi hisoblanadi.

Chakka, yanoq. Ikki chakka kishining chiroyli yoki yoqtiriladigan narsasidir.

Chap qo’lning barmoqlari. Ular aka-singilning avlodlaridir.

Chaqaloq. Kim chaqaloq topib olsa yoki homilador bo’lsa yoxud tug’sa, mahbus bo’lsa-ozod bo’ladi, qarzdor –bo’lsa qarzidan qutiladi, sehrlangan bo’lsa-sehrdan ozod bo’ladi.

Chaqmoqtosh. Tushdagi chaqmoqtosh bir ish ustida qattiq ishlab, daromadini topishga dalolat.

Chechak kasalligi. U moldagi ziyodalikdir, shuningdek, yiring ko’rsa ham.

Chizmachi, rassom. U tushda so’zni qabul qilish yoki zikr egasiga dalolat qiladi.

Childirma. Ibn Sirin aytadilar, u shuhratdir.

Chiroyli barmoqlar. Kim barmoqlarini chiroyli holda ortiqcha ekanini ko’rsa, xotin, ota-ona, mol, hayvonlar, mulk va mehnat qilishga ziyodalikka erishadi.

Chiroq. Chiroq qalb nurining ziyoda bo’lishi, dindagi kuch-quvvat, maqsad-murodga yitishdir. Aytilishicha, chiroq taqvodor olim farzand yoki sahiy savdogardir.

Chiroqni o’chirmoq. Kim chiroqni og’zi bilan o’chirayotgan bo’lsa, haq ustida bo’lgan kishining ishini yo’q qilmoqchi bo’ladi, biroq bunday qilishga muvaffaq bo’lmaydi.

Chiroq ko’tarib yurish. Kim kunduz kuni chiroq ko’tarib yurganini ko’rsa, dinida mahkam, yo’lida to’g’ri bo’ladi. Kim tunda chiroq bilan yurganini ko’rsa, tahajjud o’qiydi yoki esankirab qolgan joyidan qat’iyat bilan to’g’risiga o’tadi. Agar gunoh qilgan bo’lsa tavbasi qabuldir.

Chiroq o’chib qolsa. Agar chiroq o’chib qolsa, kasal odam vafot etadi. Kim chiroqni tuzatib, uni yoqsa, kasaldan shifo topadi.

Chodir. U tushda safar, qabr, ayol yoki hovliga dalolat.

Chodirchi. Uni tushda ko’rish, harakat yoki safarlarga dalolat qiladi. Gohida uni ko’rish maqbaralar yoki bo’ydoqning uylanishiga dalildir.

Cholg’u asbobi va raqs. Bularni kim ko’rsa, o’ngida katta musibat keladi.

Chopar, xat olib biruvchi vakil. Uni tushda ko’rish xat tashuvchi va chopar kabi xabar eltuvchi insonga dalolat qiladi. Chopar esa yaxshilikdan darak beradi.

Chopon. Tushda ko’rilgan chopon dunyo va oxirat yaxshiliklariga dalolat qiladi. To’nlarning afzali yo’l-yo’l chopon bo’lib, ta’vilda u jun matodan kuchliroqdir. Ipakdan bo’lgan chopon harom moldir. Agar paxtadan bo’lsa diniy va dunyoviy moldir.

Chumchuq go’shtli taom. Bunday taom ko’rilsa, u podshoh yoki obro’li kishilar taomidan mukarram hayotga erishib, kuni shodlik va tanu-joni sog’-salomat o’tadi.

Chuqur. Chuqurlik makrga dalolat qiladi.

Cho’loq. Agar kim cho’loqni ko’rsa, nuqsonli ishga erishadi.

Cho’chqa, to’ng’iz. U tushda, kuchli hiylagar, aytganiga vafo qilmaydigan mal’un dushmandir. Kim tushida uni minganini ko’rsa, ko’p mol-dunyoga erishadi. Uning go’shtidan yeganini ko’rsa, bilaturib harom yeydi.

<
Tavsiya qilamiz
ЯндекÑ.Метрика