Sevishimni aytolmay

Assalomdan boshlaymanda so'zimni
Bildirmayin yerga olib ko'zimni
Onajonim mehribonim o'zimni
Olib bering yaxshi ko'rgan qizimni

Aytgan so'zingiz ikki qilmaydi
O'zi sodda yomonlikni bilmaydi
Parvonada yoningizdan jilmaydi
Olib bering yaxshi ko'rgan qizimni

Non yopishmi ovqat qilish biladi
Sizni huddi onasiday ko'radi
Qizim desez labbay deya turadi

Olib bering yaxshi ko'rgan qizimni
Onajoni mehribonim o'zimní.
mualif: Muhammad Amin
Tavsiya qilamiz
ЯндекÑ.Метрика