Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar, prikollar, anekdotlar, ichak uzar latifalar, sms latifalar, sara latifalar, yangi latifa, zamonaviy latifalar, afandi, boy. | Sever.UZ
Latifalar
Podsho ertalab ovga borar edi, ro‘parasidan Afandi chiqib qoldi. Afandining ko‘rinishi ancha hunuk bo‘lganidan, podsho xodimlariga buyurdi:
— Ovning boshidan shunday badbashara odam uchradi, bugun ov yurishmaydi, olib bor zindonga sol buni, hali ovdan qaytganda gaplashaman bu bilan!
Olib borib Afandini zindonga tashladilar. Ammo shu kuni podshoning ovi juda yaxshi yurishdi. podsho ovdan qaytgach, Afandini chaqirtirib dedi:
— Agar bugun ovim yurishmaganda, seni o‘ldirar edim, baxting bor ekan.
— Bir savol so‘rasam maylimi?—dedi Afandi.
— So‘ra!
— «Baxtsizlik keltiradi, ovim yurishmaydi» deb meni ertalab qamatdingiz, aksincha, ovingiz yurishib ketdi. Men ham bola-chaqamning shu bugungi tirikchiligi uchun bir parcha non topgani chiqqan edim, kechgacha zindonda yotib, tirikchilikdan qoldim, bola-chaqamning holi nima kechganini bilmayman. Qani, ayting-chi, ikkalamizdan qaysi birimiz baxtsizlik keltirar ekanmiz?
Qamoqxonada o‘tirgan bolaga onadan xat kelibdi:
— Bolam ogorodni chopish, kartoshka ekish kerak, endi man qarib qoldim, bir o‘zim qiynalvoman, debdi.
O‘g‘li xat yozib konvertni yuziga, "Onajon ogorodni chopmang sizniyam qamashadi, mangayam srok qo‘shishadi", deb yozib qo‘yibdi.
Bir haftadan keyin onadan xat kelibdi:
— Bolam sandan xat keganidan keyin, uyimizga 4ta militsiya keldi, butun ogorodni chopib tashashdi, debdi.
Bola onaga javob xati yo‘llabdi:
— Ona qo‘limdan kegani shu, kartoshkani o‘ziz amallab ekvolarsiz, dermish.
Afandi bozor aylanib yurib, mevafurushlar rastasiga kirib qoldi, qarasa: o‘rik qoqi, turli-tuman mayizlar, pista, bodom, nok, uzum va boshqa mevalar uyulib yotibdi-yu, sotuvchilari qimirlamay o‘tirishibdi.
Afandi hassasining uchini bir boqqolning ko‘zi oldiga olib bordi. Bundan cho‘chigan boqqol:
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko‘zimga tiqib olasan-ku, - dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko‘zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o‘tiribsiz?
To‘rt ulfat oylik maoshini olib bir o‘tirib, ulfatchilik qilaylik deyishibdi. Ulardan yoshi kattarog‘i aytibdi:
— Kelinglar tanga tashlaymiz, agar tanga oldi tarafi bilan tushsa, saunaga borib bir miriqamiz, agar orqasi bilan tushsa qizlarni olib, toqqa chiqib, dam olib kelamiz, agar qirrasi bilan tushsa pivoxo‘rlik qilamiz, mabodo tanga yerga tushmay havoda muallaq turib qolsa, oyligimizni bir tiyinini ham sarflamay, xotinlarimizga olib borib beramiz! — debdi.
Jami 2090 ta latifa mavjud
Tavsiya qilamiz