Chexiya Rossiyadagi elchisini rasman chaqirib oldi

Chexiya Rossiyadan o‘zining elchisi Vitezlav Pivonkani rasman chaqirib oldi. Bu haqda Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiyga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Hozirgi elchi allaqachon chaqirib olingan, menimcha, bir kun kelib Chexiyaning yangi elchisi faoliyat yuritadi”, — dedi vazir. 

U Pivonkaga Moskvadagi faoliyati uchun shaxsan minnatdorlik bildirganini ta’kidladi. TIV rahbari Chexiyaning vaqtinchalik vakili nomini aytmadi va diplomatik missiya elchisiz ishlash muddatini ham ko‘rsatmadi.

Elchilikka nomzodlar orasida diplomat va mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Daniel Koshtoval ham bor. Lipavskiy Chexiya vakillari 7-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezident Vladimir Putinning inauguratsiya marosimida qatnashmasligini aytgan.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 23:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика