Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotini to‘xtatishdan bosh tortdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMASning talablariga rozi bo‘lmasligini va barcha maqsadlari amalga oshmaguncha G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Biz HAMAS batalyonlari yashiringan joylaridan chiqib, G‘azo ustidan nazoratni qaytarib olishlari, harbiy infratuzilmalarini tiklashlari va Isroil fuqarolariga va mamlakat bo‘ylab tahdid soladigan vaziyatni qabul qilishga tayyor emasmiz, — deydi Netanyaxu.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil HAMAS tomonidan garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘ladi.

HAMAS jangchilarining G‘azoning “Kerem Shalom” hududida uyushtirgan hujumi muzokara jarayonini xavf ostiga qo‘ygan.

Isroil armiyasiga ko‘ra, HAMAS nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta raketa otgan. HAMAS rasmiylarining aytishicha, guruh nishoni Isroil harbiylari bo‘lgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 10 kishi jarohat olgan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.

Isroil rasmiylarining buyrug‘i bilan terminal yopilgan va u orqali insonparvarlik yuklarini yetkazib berish to‘xtatilgan. Qachon o‘z ishini davom ettirishi aytilmagan.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 21:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика