Superliga. “Navbahor” “Lokomotiv”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, “Surxon” safarda “Bunyodkor”dan ustun keldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 5-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Navbahor” “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Jamshid Boltaboyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim “lochinlar”ning kichik ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida namanganliklar yana bir bor gol urdi. 50-daqiqada Odiljon Hamrobekov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 62-daqiqada Yovan Jokich ham darvozani ishg‘ol qildi. 75-daqiqada “Lokomotiv” a’zosi Dilshodjon Komilov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Siyavash Haqnazari esa o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi. 

“Surxon” esa “Bunyodkor” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Muhammadali Abdurahmonov dubl muallifiga aylandi. 


Superliga

6-tur

5-may, yakshanba

“Navbahor” – “Lokomotiv” 4:0

Gollar: Jamshid Boltaboyev, 29 (1:0), Odiljon Hamrobekov, 50 (2:0), Yovan Jokich, 62 (3:0), Siyavash Haqnazari, 90+3 (4:0).

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov (8. Siyavash Haqnazari, 84), 11. Asadbek Sobirjonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 77), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Toma Tabatadze (71. Navro‘zbek Iminjonov, 83), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 70).

“Lokomotiv”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Ivan Rogach, 6. Sherzod Komilov (55. Anzur Ismoilov, 46), 7. Sardor Abdunabiyev (28. Quvonchbek Abrayev, 81), 8. Damyan Krayishnik (27. Sobit Sindarov, 73), 11. Izzatilla Abdullayev (10. Ivan Bulatovich, 53), 14. Dilshod Komilov, 17. Sanjar Tursunov, 22. Muhammadanas Hasanov, 26. Abdulloh Yo‘ldoshev.

Ogohlantirishlar: Sherzod Komilov (45+2), Dilshod Komilov (54).

Chetlatish: Dilshod Komilov (75).

“Bunyodkor” – “Surxon” 0:2

Gollar: Muhammadali Abdurahmonov, 3 (0:1), Muhammadali Abdurahmonov, 31 (2:0).

“Bunyodkor”: 71. Sarvar Karimov, 4. Najmiddin Normurodov, 6. Samir Jelkovich (25. Amirbek Saidov, 74), 7. Suhrob Izzatov, 8. Frane Chiryak (11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 60), 14. Mirjahon Mirahmadov, 19. Bilol Tupliyev (45. Farhod O‘tkirov, 46), 22. Usmonali Ismonaliyev, 66. Azizbek To‘lqinbekov (10. Rasul Yo‘ldoshev, 69), 77. Muzaffar Olimjonov (3. Mahmudjon Mahamadjonov, 46), 92. Toni Yovich.

“Surxon”: 16. Dilshod Yo‘ldoshev, 2. Bobirjon Asqarov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov (20. Sardorbek Mahmudov, 72), 4. Nodirxon Ne’matxonov, 7. Dostonbek Tursunov, 8. Humoyun Sherbo‘tayev, 10. Dmitriy Pletnyov (6. Behzod Shamsiyev, 61) , 17. Jahongir Abdusalomov, 19. Muhammadali Abdurahmonov (18. Silvanus Nimeli, 72), 66. Behruz Shayqulov, 77. Asadbek Karimov (9. Ulug‘bek Hoshimov, 61).

Ogohlantirishlar: Mirjahon Mirahmadov (41), Dmitriy Pletnyov (43), Behzod Shamsiyev (89).


Joylangan vaqt : (6 May 2024 20:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика