“Bavariya” rahbariyati klubda qaysi murabbiyni ko‘rmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

“Bavariya” rahbariyati Xosep Gvardiolaning jamoaga qaytishiga umid qilmoqda. Bu haqda Kicker xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Gvardiola ketganidan beri myunxenliklar u bilan aloqani uzmagan. Ispaniyalik mutaxassisning hali ham Myunxenda kvartirasi bor va shaharga tez-tez kelib turadi. Biroq Gvardiolaning Germaniya klubiga qaytish rejasi yo‘qligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis 2013-yildan 2016-yilgacha “Bavariya”ni boshqargan. Bu vaqt ichida Gvardiola Myunxen klubi bilan 7 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Hozirda “Bavariya”ni boshqarayotgan germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel joriy mavsum yakunida klubni tark etadi. Oldinroq OAVda Tuxel ma’lum sharoitlarda “Bavariya”da qolishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 20:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика