Al Jazeera Isroil taqiqiga qaramay, G‘azo mojarosini yoritishda davom etadi

Qatarning Al Jazeera telekanali Isroil hukumati taqiqlaganiga qaramay, G‘azo sektoridagi harbiy mojaroni yoritishda davom etishga va’da berdi. Tegishli xabar telekompaniya veb-saytida e’lon qilindi.

Al Jazeera kanalni yopib qo‘ygan Isroilning harakatlarini qoralaydi va taqiqlanganiga qaramay, G‘azodagi urushni yoritishni davom ettirishga vaʼda beradi, — deyiladi bayonotda.

Teleradiokompaniya, shuningdek, Isroil politsiyasi Quddusdagi ofislarida tintuv o‘tkazganidan so‘ng, kanal faoliyatini to‘xtatganini aytgan.

Avvalroq Isroil hukumati bir ovozdan Qatarning Al Jazeera telekanali faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu qaror hukumat tomonidan bir ovozdan qabul qilinganini aytib, telekanal faoliyatini provokatsion deb atagan. Politsiya kompaniyaning Quddusdagi ofislarida reyd o‘tkazgan va jihozlarni musodara qilgan.

Bizning farmonlarimiz darhol kuchga kiradi. Juda ko‘p vaqt o‘tdi va davlat xavfsizligiga putur yetkazayotgan Al-Jazeeraning yaxshi moylangan provokatsion mashinasini to‘xtatish uchun juda ko‘p keraksiz qonuniy to‘siqlar bo’ldi, — degan edi Isroil aloqa vaziri Shlomo Karxi.

Joylangan vaqt : (6 May 2024 19:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика