“Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Barselona” esa Kataloniya derbisida “Jirona”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Kristensen hisobni ochdi. Oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmas Dovbik hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida esa Robert Levandovski penaltidan unumli foydalanib, “ko‘k-anorranglilar”ning ustunligini ta’minladi. 

Ikkinchi bo‘limda “Jirona” “qo‘shdi” va ketma-ket ikkita gol urdi. Dastlab 65-daqiqada Portu muvozanatni tikladi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Gutyerres jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada esa “Jirona” yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Bu safar ham Portu o‘z hisobiga gol yozdirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Jirona” 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.


La Liga

34-tur

4-may, shanba

“Real”  “Kadis” 3:0

Gollar: 1:0 – 51 Braim Dias, 2:0 – 68 Bellingem, 3:0 – 90+3 Xoselu.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Fran Garsiya, Modrich, Sebalyos, Kamavinga (Valverde, 80), Braim Dias (Vinisius Junior, 73), Gyuler (Bellingem, 66), Xoselu.

“Kadis”: Ledesma, Saldua (Karselen, 66), Fali Ximenes, Viktor Chust, Xavi, Navarro (Alexo, 84), Aleks Fernandes (Pires, 66), Alkaras, Eskalante, Ramos (Xuanmi, 75), Sobrino (Maksi Gomes, 75).

Ogohlantirish: Saldua (38).

“Jirona”  “Barselona” 4:2

Gollar: 0:1 – 3 Kristensen, 1:1 – 4 Dovbik, 1:2 – 45+1 Levandovski (penalti), 2:2 – 65 Portu, 3:2 – 67 Migel Gutyerres, 4:2 – 74 Portu.

“Jirona”: Gassaniga, Erik Garsiya, Blind, David Lopes (Portu, 65), Migel Gutyerres, Aleish Garsiya, Errera, Martin, Sigankov (Yan Kouto, 65), Savio, Dovbik.

“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Serji Roberto, Kristensen (Pedri, 69), Romeu, Ferran Torres, Gundo‘g‘an, Lopes (Rafinya, 69), Yamal, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kunde (28), Arauxo (39), Serji Roberto (43).


Joylangan vaqt : (6 May 2024 16:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика