O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Olimpiada guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij—2024dagi taqvimi aniq bo‘ldi.

Timur Kapadze shogirdlari C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston Olimpiya termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. 

E’tiborga molik jihati, O‘zbekiston Ispaniya va Dominikanga qarshi o‘yinini “PSJ”ning o‘yingohi sanalmish “Park de Prens” stadionida o‘tkazadi. Misrga qarshi o‘yin esa Nantdagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

Taqvim:

24-iyul (“Park de Prens”)

O‘zbekiston — Ispaniya

27-iyul (“Bojuar”)

Misr — O‘zbekiston

30-iyul (“Park de Prens”)

Dominikan — O‘zbekiston


Joylangan vaqt : (6 May 2024 16:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика