APL. “Chelsi” o‘zida “Vest Hem”ni tor-mor etdi

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 36-turida “Chelsi” 5-may, yakshanba kuni “Vest Hem”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv “aristokratlar”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. London jamoasi tarkibida Palmer, Gallaher va Madueke bittadan gol urgan bo‘lsa, Jekson dubl muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” ochkolari sonini 54 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 


APL

36-tur bahsi

5-may, yakshanba

“Chelsi” — “Vest Hem” 5:0

Gollar: 1:0 – 15 Palmer, 2:0 – 30 Gallaher, 3:0 – 36 Madueke, 4:0 – 48 Jekson, 5:0 – 80 Jekson.

“Chelsi”: Petrovich, Chaloba (Gyusto, 83), Tiago Silva (Disasi, 82), Badyashil, Kukurelya, Gallaher, Mudrik (Nkunku, 76), Palmer (Gilkrist, 89), Kaysedo, Madueke (Kazadei, 76), Jekson.

“Vest Hem”: Areolya, Soufal, Ogbonna, Zuma, Emerson, Souchek, Lukas Paketa (Kressuell, 76), Alvares (Uord-Prouz, 46), Kudus, Bouen, Antonio (Ingz, 70).

Ogohlantirishlar: Ogbonna (34), Kukurelya (38), Emerson (45), Lukas Paketa (45+2). 


Joylangan vaqt : (6 May 2024 16:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика