APL. “Manchester Siti” o‘zida “Vulverhempton”ni tor-mor etdi, Erling Holanddan poker

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 36-turida “Manchester Siti” 4-may, shanba kuni “Vulverhempton”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv “shaharliklar”ning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Manchester klubi tarkibida Erling Holand 4 ta gol muallifiga aylandi. Yana bir gol esa Xulian Alvares hisobiga yozildi. “Vulverhempton” safida Hvan bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Pep Gvardiola ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 82 taga yetkazdi va 2-o‘rinda bormoqda. Londonning “Arsenal” jamoasida esa 83 ta ochko mavjud. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz, “Manchester Siti” zaxirasida bitta o‘yin ham bor. Ushbu o‘yindagi g‘alaba “shaharliklar”ni turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.


APL

36-tur bahsi

4-may, shanba

“Manchester Siti” – “Vulverhempton” 5:1

Gollar: 1:0 – 12 Holand (penalti), 2:0 – 35 Holand, 3:0 – 45+3, Holand (penalti), 3:1 – 53 Hvan Hi Chxan, 4:1 – 54 Holand, 5:1 – 85 Alvares.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake (Stounz, 69), Akanji, Gvardiol, Kovachich, de Bryuyne (Mateush Nunesh, 79), Bernardu Silva (Doku, 80), Rodri, Foden (Grilish, 80), Holand (Alvares, 82).

“Vulverhempton”: Joze Sa, Ait-Nuri, Semedu, Kilmen, Gomesh, Bueno (Bueno, 71), Lemina (Bellgard, 46), Traore, Gomes, Hvan Hi Chxan (Chireva, 87), Mateus Kunya (Sarabiya, 76).

Ogohlantirishlar: Lemina (41), Semedu (45+2), Traore (64), Gomes (66).


Joylangan vaqt : (6 May 2024 12:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика