Saudiya Pro Ligasi. “An-Nassr” “Al-Vahda” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi, Ronaldudan het-trik

Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turidan o‘rin olgan o‘yinda “An-Nassr” 4-may, shanba kuni “Al-Vahda”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 12-daqiqada esa portugaliyalik hujumchi dublni rasmiylashtirdi. 18-daqiqada Otavio ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bo‘lim so‘ngida Sadio Mane hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Ronaldu het-trik muallifiga aylandi. 88-daqiqada Al-Fatilning goli esa o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

6:0 hisobida g‘alaba qozongan “An-Nassr” ochkolari sonini 74 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.


Saudiya Pro Ligasi

30-tur bahsi

4-may, shanba

“An-Nassr” — “Al-Vahda” 6:0

Gollar: 1:0 – 5 Ronaldu, 2:0 – 12 Ronaldu, 3:0 – 18 Otavio, 4:0 – 45 Mane, 5:0 – 52 Ronaldu, 6:0 — 88 Al-Fatil.

“An-Nassr”: Ospina, Al-Ganam (Bushal, 72), Laport, Al-Avjami, Telles, Yahyo (Al-Fatil, 46), Brozovich, Otavio (Al-Hassan, 46), Al-Haybari, Ronaldu (Al-Sulayhim, 79), Mane (Al-Nemer, 79).

“Al-Vahda”: Muhammadi, Al-Xafit, Makki, Xausaui, Fajr, Bakshuin, Anselmo (Al-Heji, 76), Al-Issa (Al-Gamdi, 46), Noor (Al-Buhari, 46), van Kroy (Naji, 76), Igalo.

Ogohlantirish: Anselmo (38).


Joylangan vaqt : (6 May 2024 12:04)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика