Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi 414-sonli maktabgacha ta’lim tarbiyachisi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgani haqida xabar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bu bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi o‘rganish olib bordi. Unga ko‘ra, yuqoridagi voqea 2024-yilning mart oyida Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuzatilgan. 

Yakunda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan va xodim ishdan bo‘shatilgan.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 07:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика