Andijonda poyezd 8 yoshli qizaloqni urib yubordi

Andijon viloyatida poyezd 8 yoshli qizaloqni urib yubordi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi. 

Holat 28-aprel kuni soat taxminan 16:30 larda Andijon tumanining “Do‘ngqishloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi Xonobod—Andijon yo‘lovchi tashuvchi poyezd yo‘lida sodir bo‘lgan. Poyezd harakatlanayotgan vaqtda nazoratsiz qoldirilgan 2016-yilda tug‘ilgan qizaloqni urib yuborgan. 

Hodisa sabab qizaloq bosh qismidan jarohat olib, hushsiz holatda zudlik bilan shifoxonaga keltirilgan. Unga jarrohlik amaliyoti ko‘rsatilib, davo muolajalari olib borilmoqda. Hozirda ahvoli juda og‘ir.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 07:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика