Surxondaryoda ota aliment o‘rniga ikki farzandi uchun uy qurib berdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ota aliment o‘rniga ikki farzandi uchun uy qurib berdi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra, tumanning “Yoshlik” mahallasida yashovchi J.CH. 2009-yil va 2011-yilda tug‘ilgan ikki nafar farzandi uchun 2013-yildagi sud buyrug‘iga asosan aliment to‘lab kelayotgan bo‘lsa-da, farzandlari uchun uy qurib berishni xohlagan.

Aliment to‘lovchi ota qurilishi davom etayotgan 5 xonali uyni sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda farzandlari nomiga rasmiylashtirib berdi. Hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng, ijro hujjati belgilangan tartibda muddatidan oldin tugatilib, J.CH.ga nisbatan qo‘llangan barcha cheklov choralari bekor qilindi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 07:00)

Manba: www.daryo.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика