Sevgi bashorati

Qo'y 21.03-20.04
Bugun barcha rasm va taomillar haqida unutib sevgan insoningizni raqsga taklif qiling. Mayli bu kecha yoki o'tirish bo'lmasin, shunchaki oshhona yoki mehmonhona bo'lsa ham bo'laveradi, musiqa yangrab tursa bo'lgani. Asosiysi – sizni yanada yaqinlashtiradigan raqsning o'zi.
Buzoq 21.04-21.05
Bugun anchadan beri izlagan odamingizni uchratishingiz ehtimoli bor, aynan u sizning orzuingizdagi taqdiringiz bo'ladi. Asosiysi – uni olamon ichida sezmay qolmasangiz bo'lgani.
Egizaklar 22.05-21.06
Egizaklar boshlaridan oilalariga tegishli bo'lmagan barcha narsalarni tashlab yuborishlari kerak. Xatto ish haqidagi ozgina hayol ham jazolanadi. Xatarga borishni maslahat bermaymiz.
Qisqichbaqa 22.06-22.07
Bugun sizning bahtingiz burchak boshida turadi. Shu sababli agar unga zo'r odamning tabassumi etishmayotgan bo'lsa, unga har qanday yo'l bilan erishishga harakat qiling, hatto latifa aytib berishingiz ham mumkin. Xar qanday istagingiz zudlik bilan bajarilishi juda muhim.
Arslon 23.07-23.08
Bugun sevgan insoningiz sizning so'zlaringizga kerakli ahamiyat bermaydi. Sizning yo'riqlaringizni bajarish haqida so'z ham bo'lishi mumkin emas agar bunday narsa ro'y bersa, faqat tushda ro'y berishi mumkin. Nima ham derdik hammasini o'zingiz bajarishingizga to'g'ri keladi.
Parizod 24.08-23.09
Bugun sevgilingiz bilan kelajak haqida orzu qilgingiz keladi. Yulduzlar bu jarayonning maksimal darajada tirishqoqlik bilan bajarishni maslahat bermoqdalar. O'shanda kelajak ham yorqinroq bo'ladi.
Tarozi 24.09-23.10
Bugun sevgan insoningiz har qachongidan aqlliroq, mehribonroq va yahshiroq tuyuladi. Faqat shu haqiqatning o'zi ham sizning kayfiyatingizni ko'tarishi mumkin, bu sifatlarni u qanday ishlatishi esa unga bog'liq...
Chayon 24.10-22.11
Bugun sevgan insoningiz bilan birgalikda juda ko'p ajoyib daqiqa va hodisalarni boshdan kechirishingiz kerak bo'ladi. Shu sababli o'zingiz bilan kamera, fotoapparat olishni unutmang. Bu kunni keyin ko'p marotaba yaqinlaringizga so'zlab berishingizga to'g'ri keladi…
O'qotar 23.11-21.12
Bugun sevgan insoningizdan hatto juda qiziq narsaga ham chalg'imang. Sevgan insoningiz buni tushunmasligi va sizni tabiiyki qizg'anishi mumkin.
Tog' echkisi 22.12-20.01
Jonajon uy... Anchadan beri uyga kelib o'zingizda bunday hotirjamlikni his etmagan edingiz. Ostonada sizni sevgan insoningiz kutib olsa bahtingizni haqiqattan ham to'liq deb atashingiz mumkin.
Qovg'a 21.01-18.02
Bugun siz shahsiy hayotingizdagi jiddiy o'zgarishlar ostonasida bo'lasiz, ular esa sizni bir paytning o'zida ham quvontiradi ham cho'chitadi. Siz ularga orqangizni o'girib, boshingiz oqqan tomonga qochishingiz ham mumkin albatta, lekin voqealar qanday rivojlanishi siz uchun qiziqarli emasmi?
Baliq 19.02-20.03
Agar bugun nimadandir siqilsangiz, maslahat so'rab sevgilingizga emas do'stingizga murojaat qiling. Unga esa keyin gapirib berasiz. U darhol sizga yordam ko'rsata olmaydi, hatto juda istasa ham. Bekorga hafa bo'lmang. Siz ahir bunga erishmoqchi emassizku… 
Manba: www.gor.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика