"Chelsi" Pochettinoga o‘rinbosar topib qo‘ygan

"Ipsvich" bosh murabbiyi Kiran Makkenna "Chelsi"da Maurisio Pochettino o‘rnini egallashi mumkin.

London klubi xo‘jayini Todd Bouli Pochettinoning kelajagi haqida hali qaror qilgani yo‘q, garchi "Chelsi"ning bir qator asosiy xodimlari argentinalik mutaxassisga ishlashda davom etish imkoniyatini berish kerak, deb hisoblamoqda.

The Guardian xabariga ko‘ra, "Chelsi"da Pochettino o‘rniga asosiy nomzodlardan biri Kiran Makkenna bo‘lib, uning qo‘l ostida "Ipsvich" mavsum yakunida Chempionshipda 96 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan va 2001/02 yildan beri birinchi marta Premyer-ligaga chiqqan.

"Chelsi" Angliya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganda 60 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Ayni paytda "Nyukasl" hisobida 57 ochko bor.

19 may kuni “Chelsi” APLning 38-turi doirasida “Bornmut”ni qabul qiladi. O‘yin natijasi keyingi mavsumda Yevropa ligasiga yo‘llanmani va, ehtimol, Pochettinoning klubdagi kelajagini belgilab beradi.


Joylangan vaqt : (19 May 2024 в 08:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика