Rasman! Moyesning mavsum oxirida ketishi tasdiqlandi

David Moyes joriy mavsum oxirida "Vest Xem" bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.

"Vest Xem" rasmiy saytida xabar berilganidek, mutaxassis bilan kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnoma uzaytirilmaydi.

61 yoshli Moyes 2019 yildan beri "Vest Xem"ni boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda London klubi hisobida 49 ochko bor va Angliya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Moyes ketsa, ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi "Vest Xem"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida avvalroq xabar berilgandi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 23:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика