Gvardiola "Bavariya"ni boshqaradimi? Uning atrofidagilar bu savolga javob berdi

Xosep Gvardiola bilan ishlaydigan Ispaniyaning Tacticgrup konsalting agentligi murabbiyning "Bavariya"ga qaytishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga javob berdi.

"Bavariya" Pepning yuragida, lekin u yozda "Manchester Siti"ni tark etishni istamayapti. U juda baxtli, uning shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. "Bavariya"ga qaytish variant emas", - deya agentlikning javobidan iqtibos keltiradi Germaniyaning Sky nashri.

Pep Gvardiola 2016/2017 yilgi mavsumdan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida klub ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi, xususan, Chempionlar Ligasi kubogini.

"Manchester Siti" navbatdagi o‘yinini 11 may, shanba kuni safarda "Fulxem"ga qarshi o‘tkazadi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 23:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика