Di Mariyaga turk klubi qiziqish bildirmoqda

"Beshiktosh" mashhur hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Murat O‘zenning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, turk klubi 36 yoshli Di Mariyaning menejeri bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Futbolchining vakili "Beshiktosh" va Istanbul haqida ma’lumot so‘ragan. Eslatib o‘tamiz, Di Mariya o‘tgan yozda "Benfika"ga qaytgandi.

Joriy mavsumda argentinalik yulduz turli musobaqalarda 47 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt portali Anxel di Mariyani 4 million yevroga baholamoqda.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 20:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика