"Bavariya" Ten Xagga ishonadi

"Bavariya"ning navbatdagi bosh murabbiyi hozirda "Manchester Yunayted"da ishlayotgan Erik ten Xag bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor.

Sky Sports xabariga ko‘ra, "Bavariya" "Manchester Yunayted"ning hozirgi muammolari Ten Xag bilan emas, balki klubdagi notinchlik va aniq tuzilmaning yo‘qligi bilan bog‘liq deb hisoblamoqda.

Myunxenliklar Ten Xagni baholashda Angliyadagi muvaffaqiyatsizliklaridan ko‘ra, murabbiyning "Ayaks"dagi yaxshi natijalariga ko‘proq e’tibor berishadi.

Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni 2022 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 19:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика