Bugun APLda katta o‘zgarish yuz beradi

Birinchi marta Premyer-liga uchrashuvi hakami maydonga kamera bilan chiqadi.

Bugun Angliya chempionatining 36-turi doirasida "Kristal Pelas" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. O‘yin 00:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvning hakami Jarred Gillett boshga o‘rnatilgan videokamera qurilmasidan foydalanadi. Undan olingan video jonli efirga uzatilmaydi.

Ligada hakamlikka bag‘ishlangan dasturda hakamning kamerasi tasvirlari namoyish etiladi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 19:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика