Myuller: "Futbolda ko‘p narsa jismoniy holatga bog‘liq"

"Bavariya" faxriysi Tomas Myuller "Real Madrid"ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.

“Bavariya” chorshanba oqshomida “Santyago Bernabeu”da UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida “Real”ga qarshi bahs olib boradi.

"Alyans Arena"dagi birinchi o‘yin qiziqarli tus olib, u 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Ertaga ham teng o‘yin bo‘ladi. Futbolda ko‘p narsa jismoniy holatga bog‘liq. Shuningdek, ikkinchi bo‘limda “Shtutgart”ga qarshi o‘yinda ham bu narsa bizga yetishmadi. Imkoniyatlarni qo‘ldan boy bersangiz, barchasidan umidni uzing, - dedi Myuller.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 19:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика