Anchelotti: "Xursandchiligimizni vaqtincha bir chetga surib turishimiz kerak"

"Real" ustozi Karlo Anchelotti barchani e’tiborli bo‘lishga chorladi. 

"Biz xursandchiligimizni vaqtincha bir chetga surib turishimiz kerak, chunki bizni mavsumda juda muhim o‘yin kutib turibdi.

Hammamiz bor e’tiborni chorshanba kungi o‘yinga qaratganmiz.

"Real Sosedad"ga qarshi o‘yinda ham bu omillarni hisobga olgandik. Sabr qiling va kuting, chunki chorshanba kunigacha biz tiklanishimiz, dam olishimiz va "Bavariya"ga qarshi qo‘limizdan kelganicha o‘ynashimiz kerak", – dedi Anchelotti. 


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 19:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика