"Liverpul"ga bu yo‘lda raqobatchi paydo bo‘ldi

"Liverpul"ning transfer rejalari qizib bormoqda, chunki klub o‘zining himoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi.

Bu yo‘lda "Sporting" futbolchisi Gonsalo Inasiu asosiy maqsad sifatida paydo bo‘lmoqda. Football Transfers nashrining yaqinda chop etilgan maqolasiga ko‘ra, "qizillar" bu yo‘lda sa’y-harakatini kuchaytirmoqda, ammo azaliy raqib "Manchester Yunayted"ning qattiq raqobatiga duch kelishi kutilyapti. 

22 yoshli Inasiu Portugaliya Ligasida chap vinger sifatida o‘z mahoratini namoyish etmoqda. "Qizillar" Jo Gomes va Joel Matipning kelajagi noaniq bo‘lgani uchun potensial kelishuvga tayyorlanmoqda - Matipning shartnomasi shu yozda tugaydi.

Inasiuning hozirgi tovon puli 60 million yevroni tashkil etadi, uning shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 19:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика